× yopish
Mamlakatni tanlag:

Egasini o’zgartirish

Shartnomani qayta rasmiylashtirish topshiruvchi va qabul qiluvchi tomonlarning MTS O’zbekiston markaziy ofislaridan biriga shaxsan murojaat qilganda amalga oshiriladi. Shartnomani qayta rasmiylashtirishda tomonlardan biri jismoniy shaxs bo’lsa, uning shaxsan ishtirok etishi yoki uning notarial tasdiqlangan ishonchnomasi bo’lgan vakilining ishtirok etilishi mumkin.

 «Egasini o’zgartirish» xizmati barcha abonentlarga taqdim etiladi.

Topshiruvchi tomon:

Jismoniy shaxsdan talab etiladi:

  • Shartnomani qayta rasmiylashtirish to’g’risidagi qabul qiluvchi tomon ko’rsatilgan va shaxsi y imzo qo’yilgan ariza;
  • Shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport).

Yuridik shaxsdan talab etiladi:

  • Shartnomani qayta rasmiylashtirishni so’rab yozgan, qabul qiluvchi tomon ko’rsatilgan, tashkilot rahbarining shaxsi y imzosi va tashkilotning asl muhri qo’yilgan ariza (shartnoma tashkilotdan uning rahbariga qayta rasmiylashtirilganda topshiruvchi tomondan ariza ishonchnoma asosida ish yurituvchi vakil yoki rahbarning o’zi tomonidan imzolangan bo’lishi kerak);
  • Vakilga shartnomani qayta rasmiylashtirish yuzasidan ishonchnoma, ishonchli vakilning pasport ma’lumotlari ko’rsatilgan holda. Ishonchnoma tashkilot rahbarining shaxsi y imzosi va tashkilotning asl muhri bilan tasdiqlanadi;
  • Vakilning shaxsini tasdiqlovchi hujjat.

Qabul qiluvchi tomon:

Jismoniy shaxsdan talab etiladi:

  • Shaxsini tasdiqlovchi hujjat.

Yuridik shaxsdan talab etiladi:

  • Agar ushbu xizmatni ulash zarur bo’lsa, xalqaro roumingda aloqa xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini taqdim etish yuzasidan xat-ariza. Tashkilot rahbarining shaxsi y imzosi va tashkilotning asl muhri bilan tasdiqlanadi. Ariza shuningdek ishonchnomada shunday harakatni amalga oshirishga vakolatlar ko’rsatilgan bo’lsa, ishonchli shaxs tomonidan imzolanishi mumkin;
  • Vakilga shartnomani rasmiylashtirish yuzasidan ishonchnoma, ishonchli vakilning pasport ma’lumotlari ko’rsatilgan holda. Ishonchnoma tashkilot rahbarining shaxsi y imzosi va tashkilotning asl muhri bilan tasdiqlanadi;
  • Vakilning shaxsini tasdiqlovchi hujjat, pasport.

Eslatmalar:

  • On-line sistemada xizmat ko'rsatiladigan jismoniy shaxs raqamini vaqtincha, tehnik sabablarga ko'ra yuridik shaxs nomiga qayta rasmiylashtirib bo'lmaydi. Shu sababli yuridik shaxs nomiga yangi raqam ulashni va "Aloqada" yoki "Qo'ng'iroqni boshqa faqamga o'tkazish" xizmatlaridan foydalanishni taklif qilamiz.
  • Egasini o’zgartirishda shartnoma ayni bir shaxs tomonidan turli tomonlar nomidan imzolanishi mumkin (agar tashkilotdan uning rahbariga va aksincha qayta rasmiylashtirilgan holda). Qayta rasmiylashtirishda «Xalqaro rouming» xizmati yangi egasining alohidagi arizasiga ko’ra qo’shiladi.
  • Shartnomani qayta rasmiylashtirish paytiga kelib topshiruvchi tomon o’zining barcha qarzlarini qoplashi lozim.
  • Shartnomani qayta rasmiylashtirish paytida shaxsiy hisobda bo’lgan barcha pul mablag’lari avvalgi egasida qoladi va yangi egasiga o’tkazilmaydi.
  • Shartnomani qayta rasmiylashtirish – $2.
  • Qabul qiluvchi va topshiruvchi tomonlar o’rtasidagi barcha moliyaviy masalalar MTS O’zbekistonning ishtirokisiz hal etiladi.
Narxlar barcha soliqlarni hisobga olib ko’rsatilgan.
Agar Sizda savol bo’lsa, quyidagi formadan foydalaning.

Agar Siz ma'lumot qidirib, uni ushbu sahifada topmagan bo'lsangiz, quyidagi formani to'ldiring. Biz saytimizni takomillashtirish bo'yicha bergan taklifingizni ko'rib chiqamiz.

Agar Siz ushbu sahifada xato topgan bo'lsangiz, kerakli bo'lgan matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini sayt operatoriga xabar berish maqsadida bosing.

Savol va takliflar:

Sizning fikringiz

Siz nima qidirdingiz?

Sahifa manzili
http://www.uzdunrobita.uz/uz/support/change_owner

To'ldirilishi majburiy bo'lgan qism to'ldirilmagan

Sizning takliflaringiz

To'ldirilishi majburiy bo'lgan qism to'ldirilmagan

Siz haqingizda ma'lumot

Ma'lumotlar taklifingiz bo'yicha aniqliklar kiritish maqsadida Siz bilan bog'lanish uchun kerak bo'ladi. "Yuborish" tugmasini bosar ekansiz, Siz o'z shaxsiy ma'lumotlaringizni ishlatishga ruxsat berasiz.

To'ldirilishi majburiy bo'lgan qism to'ldirilmagan