× yopish
Mamlakatni tanlag:

GPRS-Internet

GPRS-Internet – ma’lumotlarni paketli uzatishga asoslangan mobil Internetdir. Mazkur xizmatga ulangan kompaniya abonentlari bevosita o’z mobil telefonlaridan yoki undan modem sifatida foydalanib, Butunjahon Internet tarmog’iga ulanishlari mumkin.

Bundan tashqari, 3G uchinchi avlod tarmog’i amalda bo’lgan hududda MTS-O’zbekiston kompaniyasi abonentlari yuqoriroq tezlikda mobil Internetdan foydalanishlari mumkin. Internet tarmog’ida 3,6 Mbit/sek* tezligida foydalanish imkonini beradigan HSDPA texnologiyasi tufayli bunday imkoniyat mavjud. WAP/MMS/GPRS xizmatiga ulangan kompaniyaning barcha abonentlari avtomatik ravishda bunday imkoniyatdan foydalanishlari mumkin. Xizmat amalda bo’lgan hudud doirasiga qarab, foydalanuvchi telefoni avtomatik tarzda 2G yoki 3G tarmog’ida qayd etiladi.

Bunda hech qanday qo’shimcha sozlashlar talab etilmaydi – 3G tarmog’ida ham net.mts.uz saytiga kirish mumkin.

Mobil Internetdan foydalangan abonent xoh 2G tarmog’i doirasida, xoh 3G tarmog’i doirasida bo’lsin uning hisobidan kuniga $0,02 miqdorida abonent to’lovi olinadi.

«GPRS-MMS+WAP+INTERNET» xizmatini yoqish*:

  • saytimizdagi «Intеrnеt-yordаmchi» orqali
  • raqamini terish
  • 616001 raqamiga 1 ni SMS orqali yuborish (faqat Off-line xizmat tizimi abonentlari uchun)
  • RED abonentlari uchun – «Mobil Yordamchi» orqali, mobil telefonidan 0022 raqamiga qo’ng’iroq qilib va avtoxabar beruvchining ko’rsatmalariga rioya qilib

Xizmatdan foydalanish uchun abonent to’lovi – $0,02 kuniga ("MTS-Konnekt" tarifidan tashqari )

1 Mb trafik narxi – Tarif rejasiga bog'liq

«GPRS-Internet» xizmati tarifi kvanti 64 Kbni tashkil etadi.

Xizmatlar sessiya vaqtida berilgan va olingan ma’lumot hajmiga qarab narxlanadi. Foydalanilgan trafik hajmi katta tarafga qarab oshib boradi: «GPRS-Internet» xizmatida 64 KB gacha; «GPRS-WAP» xizmatida 10 KB gacha. GPRS paket xarid qilinsa/yoki tarif reja o’zgartirilsa, GPRS sessiya noto’g’ri narxlanishini oldini olish uchun joriy GPRS sessiyani tugatish, ish bajarish, so’ngra yangi sessiyani boshlash kerak.

* Zamonaviy mobil telefonlarning ko’pchiligi GPRS/EDGE xizmatiga moslashgan. Batafsil ma’lumot uchun telefon dasturiga qarang. «Yuqori tezlikda 3G Internet» xizmatidan foydalanish uchun mobil telefoni 3G mobil aloqa standartiga va HSDPA funksiyasiga moslashgan bo’lishi kerak.

Narxlar barcha soliqlarni hisobga olib ko’rsatilgan.

Agar Sizda savol bo’lsa, quyidagi formadan foydalaning.

Agar Siz ma'lumot qidirib, uni ushbu sahifada topmagan bo'lsangiz, quyidagi formani to'ldiring. Biz saytimizni takomillashtirish bo'yicha bergan taklifingizni ko'rib chiqamiz.

Agar Siz ushbu sahifada xato topgan bo'lsangiz, kerakli bo'lgan matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini sayt operatoriga xabar berish maqsadida bosing.

Savol va takliflar:

Sizning fikringiz

Siz nima qidirdingiz?

Sahifa manzili
http://www.uzdunrobita.uz/uz/services/internet/gprs_edge

To'ldirilishi majburiy bo'lgan qism to'ldirilmagan

Sizning takliflaringiz

To'ldirilishi majburiy bo'lgan qism to'ldirilmagan

Siz haqingizda ma'lumot

Ma'lumotlar taklifingiz bo'yicha aniqliklar kiritish maqsadida Siz bilan bog'lanish uchun kerak bo'ladi. "Yuborish" tugmasini bosar ekansiz, Siz o'z shaxsiy ma'lumotlaringizni ishlatishga ruxsat berasiz.

To'ldirilishi majburiy bo'lgan qism to'ldirilmagan