× yopish
Mamlakatni tanlag:

Telefondan foydalanish qoidalari

O’zbekiston Respublikasi hududida yurganda telefondan foydalanish qoidalari

Abonentning turli ro’yxatdan o’tish zonalarida harakatlanganida mobil telefondan qanday foydalanish kerakligini yaxshiroq tushuntirish uchun ehtimoliy vaziyatlarni ko’rib chiqamiz.

Ushbu misolning shartlari shuni ko’zda tutadiki, Siz Toshkent shahrining abonenti bo’la turib, o’z mobil telefoningiz bilan Samarqand shahriga keldingiz.

Sizga Toshkentdan qo’ng’iroq qilish.

Nima qilish kerak: faqat Sizning Toshkentdagi mobil raqamingizni terish (xalqaro kod terilmaydi).

Haq to’lash: Siz bunday qo’ng’iroq uchun o’z xizmat ko’rsatish rejangizga muvofiq kirish aloqasining tarifiga ko’ra haq to’laysiz  (1 yanvardan MTS-O’zbekistonning butun xizmat ko’rsatish zonasi bo’ylab yagona ro’yxatga olish zonasi amal qiladi, avval respublika bo’yicha safarlarda kompaniyaning abonentlari uchun amal qilgan rouming tariflari bekor qilingan). Suhbatdoshingiz shaharlararo tarif bo’yicha haq to’lamaydi.

Sizga Samarqanddan yoki O’zbekistonning istalgan boshqa aholi punktidan (Toshkentdan tashqari) qo’ng’iroq qilish.

Nima qilish kerak: 8, Toshkent shahrining kodi, Sizning Toshkentdagi mobil raqamingizni terish.

Haq to’lash: Siz bunday qo’ng’iroq uchun tanlangan xizmat ko’rsatish rejangizga muvofiq kirish aloqasining tarifiga ko’ra haq to’laysiz. Suhbatdoshingiz shahar telefonidan qo’ng’iroq qilgan bo’lsa, shaharlararo tarif bo’yicha, yoki u MTS-O’zbekistonning mobil telefonidan qo’ng’iroq qilgan bo’lsa, o’zining xizmat ko’rsatish rejasiga muvofiq chiqish aloqasining tarifi bo’yicha haq to’laydi (2003 yil 1 maydan boshlab O’zbekiston bo’yicha shaharlararo qo’ng’iroqlar mahalliy qo’ng’iroqlar kabi tariflanadi).

Siz Samarqandga qo’ng’iroq qilayapsiz.

Nima qilish kerak: faqat Sizga kerakli Samarqanddagi raqamni tering va SND ni bosing.

Haq to’lash: Siz bunday qo’ng’iroq uchun belgilangan xizmat ko’rsatish rejangizga muvofiq chiqish aloqasining tarifiga ko’ra haq to’laysiz. Suhbatdoshingiz uchun bu qo’ng’iroq bepul bo’ladi.

Siz Toshkentga yoki O’zbekistonning istalgan boshqa aholi punktiga (Samarqanddan tashqari) qo’ng’iroq qilayapsiz.

Nima qilish kerak:  8, aholi punktining kodi, sizga kerakli raqamni tering va  SND ni bosing.

Haq to’lash: 2003 yil 1 maydan boshlab bunday qo’ng’iroqlar uchun shaharlararo tarifni hisobga olmagan holda, mahalliy chiqish aloqasining tarifi bo’yicha haq to’lanadi! Siz suhbatdoshingizga shahar telefoniga qo’ng’iroq qilgan bo’lsangiz, bu qo’ng’iroq uning uchun bepul bo’ladi, yoki mobil telefonga qo’ng’iroq qilgan bo’lsangiz, kirish aloqasining tarifi bo’yicha baholanadi.

Agar Sizda savol bo’lsa, quyidagi formadan foydalaning.

Agar Siz ma'lumot qidirib, uni ushbu sahifada topmagan bo'lsangiz, quyidagi formani to'ldiring. Biz saytimizni takomillashtirish bo'yicha bergan taklifingizni ko'rib chiqamiz.

Agar Siz ushbu sahifada xato topgan bo'lsangiz, kerakli bo'lgan matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini sayt operatoriga xabar berish maqsadida bosing.

Savol va takliflar:

Sizning fikringiz

Siz nima qidirdingiz?

Sahifa manzili
http://www.uzdunrobita.uz/uz/services/communication/rules

To'ldirilishi majburiy bo'lgan qism to'ldirilmagan

Sizning takliflaringiz

To'ldirilishi majburiy bo'lgan qism to'ldirilmagan

Siz haqingizda ma'lumot

Ma'lumotlar taklifingiz bo'yicha aniqliklar kiritish maqsadida Siz bilan bog'lanish uchun kerak bo'ladi. "Yuborish" tugmasini bosar ekansiz, Siz o'z shaxsiy ma'lumotlaringizni ishlatishga ruxsat berasiz.

To'ldirilishi majburiy bo'lgan qism to'ldirilmagan