| Mamlakatni tanlag: | ||
|---|---|---|
| Mamlakatni tanlag: | ||
|---|---|---|
Multimedia Message System – multimediya xabarlar xizmati bo’lib, abonentga rangli rasmlar va fotosuratlarni uzatish, sevimli musiqa jo’rligidagi grafik tasvirli yoki ovozli xabarlarni yaratish imkonini beradi. Dam olish paytida dengiz, tog’lar va qalin o’rmonlarda olingan hamda do’stlarga jo’natilgan fotosuratlar Sizga mamnuniyat baxsh etadi, do’stlaringizning esa ta’tilni maroqli o’tkazayotganingizga havasi keladi, albatta.
MMS xizmatidan foydalanish uchun:
Agarda MMS xabar yuborilgan telefon bunga moslanmagan bo’lsa, unda Internetda manzil ko’rsatilgan xabar keladi. MMS xabarning to’liq ko’rinishini siz Internet orqali ko’rishingiz mumkin bo’ladi. Xabarlarni faqatgina bir mobil telefondan ikkinchisiga emas, balki elektron manzilga ham yuborish mumkin.
MMS xabar yuborishda yuborilayotgan raqam albattta to’liq xalqaro formatda ko’rsatilishi kerak.
O'zbekiston bo'yicha hajmidan qat'iy nazar, faqatgina chiquvchi xabarlar narxlanadi. Tarmoq ichida jo’natilayotgan xabarning maksimal hajmi - 500 Kb. Boshqa kompaniya abonentlariga esa - 300 Kb.
MMS-xabarlarni tanlash, jo’natish yoki ko’rib chiqishda mobil telefondan foydalanish ko’rsatmalariga rioya qiling. Xabar jo’natilayotgan abonentning raqamini terish tartibi SMS-xabarni jo’natishda raqamni terish tartibiga o’xshaydi (ushbu qo’llanmaning SMSga oid ko’rsatmasiga qarang).
2. MMSni sozlash
MMS-xabar xizmatidan foydalanish uchun MMS va GPRS xizmatlariga ulanish lozim. Shundan so’ng telefonni sozlash zarur. Buning uchun quyidagi tartibda «Aloqani sozlash» menyusiga kiring: (quyida keltirilgan sozlash tartibi Nokia 3100 telefoni uchun mo’ljallangan):
Telefoningizdagi «Xabarlar» («Messages»), «Xabarlarni sozlash» («Message settings»), «MMS-xabarlar» («Multimedia messages»), «Aloqani sozlash» («Connection settings»), «Amaldagi MMS-sozlashni o’zgartirish» («Edit active multimedia settings») menyusiga kiring.
Shundan so’ng quyidagilarni o’rnatish lozim:
| Ruscha menyu uchun | |
|---|---|
| Menyu qatorlari | Ko’rsatmalar |
| Sozlash nomlari | Istalgan nomni bering* |
| Shaxsiy sayt | http://10.10.020/ was yoki http://mmsc/was** |
| Seans turi | Vaqtincha*** |
| Ma’lumotlar kanali | GPRS |
| Kanalni sozlash | |
| GPRS aloqaning kirish nuqtasi | mms.mts.uz |
| IP-protokol manzili | 10.10.0.10 |
| Tanish turi | Oddiy |
| Foydalanuvchining nomi | Bo’sh qoldirish |
| Parol | Bo’sh qoldirish |
| Inglizcha menyu uchun | |
| Menyu qatorlari | Ko’rsatmalar |
| Setting`s name | Istalgan nomni bering* |
| Home page | http://10.10.020/ was yoki http://mmsc/was** |
| Session mode | Temporary*** |
| Data bearer | GPRS |
| Bearer settings | |
| GPRS access point | mms.mts.uz |
| IP address | 10.10.0.10 |
| Authentication type | Norma |
| User name | Bo’sh qoldirish |
| Password | Bo’sh qoldirish |
* SonyEricsson telefonlari uchun nom lotin harflarida yozilishi shart.
** Ikkita manzildan faqat bittasini ko’rsatish kerak.
*** Nokia DCT4 telefonlari uchun (3510, 3510i/3530) 6100, 6310, 6310i, 6360, 6510, 6590, 6610, 6650, 7210, 7250, 8310, 8390, 8910 ulanish turi «doimiy», «permanent».
Agar telefoningiz menyusini sozlashda IP-portni ko’rsatish lozim bo’lsa, WAP versiyasidan kelib chiqqan holda 9201(WAP 1.x uchun) yoki 8080 (WAP 2.0 uchun) ko’rsatish lozim.
3. MMS-XABARLARNI JO’NATISH, OLISH VA KO’RISH/ESHITISH
MMS-xabarlarni jo’natish, olish va ko’rish/eshitish telefon menyusi orqali amalga oshiriladi. Quyida keltirilgan menyu namunasi Nokia 3100 telefoni uchun mo’ljallangan. Unda telefon «MMS-xabar» menyusining faqat 2 ta satri - «Yangi xabar» va «Qabul qilingan xabarlar» keltirilgan. Batafsil tanishish uchun telefondan foydalanish yo’riqnomasiga qarang.
Menyu: Xabarlar:
«MMS-xabarlar» menyusini tanlang va quyidagi menyuga qarab ish tuting:
«MMS-xabar» menyusi:
| MMS menyusi | Belgilangan vazifasi |
|---|---|
| Yangi xabar | Yangi xabarni tayyorlash va jo’natish, |
| Qabul qilingan | Ko’rib chiqish hamda qabul qilingan xabarlar
bilan ishlash |
| Chiquvchi | Chiquvchi xabarlar bilan ishlash |
| Jo’natilgan | Yuborilgan xabarlar bilan ishlash |
| Saqlangan | Saqlangan xabarlar bilan ishlash |
| O’chirib tashlash | Xabarlar guruhini o’chirib tashlash |
«MMS-xabar» menyusi:
| MMS menyusi | Belgilangan vazifasi |
|---|---|
| Raqamga jo’natish | Xabarni boshqa telefonga jo’natish |
| Pochtaga jo’natish | Xabarni E-mailga jo’natish |
| Tarqatish | Bir nechta abonentga xabar jo’natish |
| Ko’rsatish | Mul’timedia rasmlarni ko’rsatish |
| Rasm qo’yish | Mul’timedia rasmlarni o’rnatish |
| Ovoz o’rnatish | Kuy-qo’shiq o’rnatish |
| Matnni o’chirish | Kiritilgan matnni o’chirish |
| Saqlash | Xabarni saqlash |
| Boshqa variantlar | Matn bilan ishlashning qo’shimcha imkoniyatlari |
| Tahrir qilishdan chiqish | Matnni tahrir qilishdan chiqish |
| Lug’at | Telefon lug’atini ulash |
«Qabul qilingan xabar» menyusi:
| MMS menyusi | Vazifasi |
|---|---|
| Aks ettirish | Olingan xabarni aks ettirish |
| YOrqinlik | Olingan tasvirning yorqinligini to’g’rilash |
| Qo’shimcha axborot | Xabarga ilova qilingan mul’timediya fayllari to’g’risida ma’lumot |
| Rasm/kuy-qo’shiqni saqlash | Ilova qilingan ma’lumotni saqlash |
| Xabarni o’chirish | Olingan xabarni o’chirish |
| Javob qaytarish | Sizga xabar yuborgan abonentga jo’natish uchun yangi MMS-xabar yaratish |
| Barchaga javob qaytarish | Barcha xabar jo’natuvchilarga javob qaytarish |
| Qo’shimcha axborot olish | Xabar bilan bog’liq qo’shimcha axborotni saqlash |
| № raqamga jo’natish | Olingan xabarni boshqa raqamga jo’natish |
| Pochtaga jo’natish | Olingan xabarni elektron manzilga jo’natish |
| Bir necha kishiga jo’natish | Olingan xabarni bir necha kishiga jo’natish |
| Xabar tafsilotlari | Jo’natuvchi to’g’risidagi ma’lumot |