| Mamlakatni tanlag: | ||
|---|---|---|
| Mamlakatni tanlag: | ||
|---|---|---|
SMS-Yordamchi – bu SMS/PLUS orqali abyuonentning telefonida o’rnatilgan qo’shimcha xizmatlarni boshqarishning asosiy tizimidir. Bu xizmat SMS-xabar yuborib, yoki “MTS Plyus” xizmati orqali asosiy davriy xizmatlarni yoqish/o’chirishga imkoniyatini beradi.
SMS-Yordamchidan faqat Off-line narxlash tizimi abonentlari foydalanishlari mumkin.
SMS/SMS-PLUS orqali xizmatni yoqtirish qiymati, shuningdek bir martalik yoki har oylik to'lovlar qiymati MTS-O’zbekiston ofislarida o'rnatilgan/yoqilgan/o'chirilgandek bir hil qiymatga teng bo’ladi.
SMS-Yordamchidan foydalanish uchun Sizga telefoningizni sozlash kerak emas. Xizmatni qo’shish yoki o’chirish uchun qisqa raqamga xizmatning kodi bo’lgan SMS-xabarni yuborish yetarli. Komanda muvaffaqiyatli bajarilgan holda sizga tegishli SMS-xabar yetkaziladi.
Masalan, SMS-xabarlar yordamida Siz balansingiz haqida va telefoningizga oyning boshidan yozilgan hisoblar haqida bilib olishingiz mumkin.
| Xizmatning nomi | Xizmatning kodi (til prefiksi) | Qisqa raqam |
|---|---|---|
| Balans | u, U, Y, y, U yoki 1 raqami – O’zbek tili
r, R, p, P yoki 2 raqami - Rus tili e, E yoki 3 raqami – Ingliz tili | 6111 |
| Yozilgan hisoblar haqida ma’lumot | 6112 | |
| Oxirgi amalga oshirilgan to’lov haqida ma’lumot | 6113 |
Boshlang’ich sozlashda SMS-Yordamchi barcha abonentlarda o’chirilgan. Xizmatni yoqtirish uchun abonent SMS orqali o’z PUK-kodini* 616000 raqamiga yuborishi kerak. Bunga javoban abonent, endilikda u uning mobil telefonidan amalga oshirilgan barcha o’zgartirishlar uchun shaxsan javobgar bo’lishi haqida xabar oladi. Agar yoqtirish muvaffaqiyatli bo’lmasa, abonent "Yoqtirish rad etilgan" degan xabarni oladi.
Qisqa raqamlar va ularga muvofiq xizmatlar nomlarining ro’yxatini olish uchun abonent SMS orqali 616000 raqamiga bo’sh xabarni yuborishi kerak:
| Qisqa raqam | Xizmat |
|---|---|
| 616001 | GPRS |
| 616002 | Xalqaro aloqaga chiqish |
| 616003 | Ma’lumot uzatish |
| 616005 | Chaqiriqni boshqa raqamga o’tkazish |
| 616006 | Konferens-aloqa |
| 616007 | Shaharlararo aloqaga chiqish |
| 616008 | Chaqiriqni kutish |
| 616009 | Chaqiriqni ushlab turish |
| 616010 | Raqamni aniqlashni taqiqlash |
| 616011 | Raqamni aniqlash |
| 616012 | Xalqaro rouming |
| 616013 | Sizga qo’ng’iroq qilishdi |
| 616014 | Good'ok |
| 616021 | 3G videoqo'ng'iroq |
| 616022 | 3G yuqoritezlikda internet |
| 616023 | Tungi muloqot |
| 616024 | Tungi internet |
| 616025 | Mening hisobim |
| 616114 | Xizmat rejasini «DIAL'OK»ga o’zgartirish |
| 616113 | Xizmat rejasini «Universal»ga o’zgartirish |
Biror-bir xizmatni yoqish\o’chirishdan avval abonent xizmatning holatini tekshirishi mumkin.
Xizmat holatini tekshirish uchun abonent SMS orqali tegishli qisqa raqamga bo’sh xabarni yuborishi lozim. Agar xizmat yoqilgan bo’lsa, abonentga "Xizmat …… sanasidan yoqilgan" degan xabar keladi. Agar xizmat yoqilmagan bo’lsa, abonent "Xizmat yoqilmagan" degan xabarni oladi.
Masalan: Agar abonent «Ma’lumot uzatish» xizmati yoqilganligini bilmoqchi bo’lsa, u SMS orqali 616003 raqamiga bo’sh xabarni yuboradi. Agar xizmat o’rnatilmagan bo’lsa, abonent "xizmat yoqilmagan" degan xabarni oladi, agar xizmat yoqilgan bo’lsa, "xizmat yoqilgan" degan xabar keladi.
Xizmatning holatini o’zgartirish uchun abonent SMS orqali xizmatning tegishli qisqa raqamiga «0» yoki «1» komandasini yuborishi kerak (0 – xizmatni o’chirish; 1 – xizmatni yoqtirish). Komandaning natijalari haqida abonentga "xizmat yoqilgan" yoki "xizmat o’chirilgan" degan xabarlar bilan bildiriladi, xato bo’lgan holda xato sababli quyidagicha xabar qaytadi: "xizmat yoqilishi mumkin emas".
Masalan: Abonent GPRS xizmatini yoqtirishi kerak. Bu holda abonent SMS orqali 616001 raqamiga «1» raqamini (qo’shtirnoqsiz) yuboradi. Bunga javoban abonent "xizmat yoqilgan" degan xabarni oladi.