× yopish
Mamlakatni tanlag:

Boshqa tarmoqlardan mehmonlarga

MTS tarmog’iga xush kelibsiz!

MTS-O’zbekiston “O’zdunrobita” QK — O’zbekistondagi mobil aloqaning eng yirik operatori, GSM 900/1800 standartida ishlaydi va abonentlarga O’zbekistonning 12 mintaqasida, shuningdek Ukraina, Belorussiya, Rossiya, Turkmaniston va Armanistonda keng xizmat ko’rsatish zonasini taqdim etadi. Hozirgi paytga kelib MTS-O’zbekiston tarmog’iga 9 mln. dan ortiq kishi ulangan, va abonentlarning soni doimo ortib bormoqda.

MTS-O’zbekiston butun jahon bo’ylab mobil aloqaning xalqaro operatorlari bilan faol hamkorlik qiladi va har kuni boshqa tarmoqlardan abonentlarga xizmatlarni taqdim etadi. Biz doimo mehmonlarni xursand bo’lib kutib olamiz, va Sizning MTS-O’zbekiston bilan butun safaringiz mobaynida Sizga sifatli aloqani ta’minlashga tayyormiz!

MTS-O’zbekiston tarmog’ida ro’yxatdan o’tgan boshqa operatorlar abonentlari davlatlar orasidagi masofaga qaramay, uytarmog’ining barcha asosiy va qo’shimcha xizmatlaridan foydalanishlari mumkin :

Siz MTS-O’zbekiston xizmatlaridan foydalana olishingiz uchun, Sizning operatoringiz MTS-O’zbekiston kompaniyasi bilan rouming bitimiga ega bo’lishi va Sizda rouming xizmati ulangan bo’lishi kerak. Bu shartlar bajarilganligini Siz o’z operatoringizning axborot xizmatida aniqlashingiz mumkin.

MTS-O’zbekiston Sizga tarmog’imizda xizmat ko’rsatish yoqadi, deb ishonadi.

MTS tarmog’ini qanday tanlash kerak
MTS tarmog’idan qanday qo’ng’iroq qilish kerak
Tariflar

MTStarmog’ini qanday tanlash kerak

O’z telefoningiz menyusida kirish mumkin bo’lgan tarmoqlar ro’yxatini toping. MTS-O’zbekiston tarmog’ini tanlang (telefoningiz displeyida ehtimoliy nomlari: UZBMTS, UZDGSM, 434 07, UZB 07, UZB UZD, UZD GSM, Uzdunrobita). Sizga MTS-O’zbekiston tarmog’ini Sizning SIM-kartangizda afzal tarmoq deb dasturlashtirishni tavsiya etamiz, bunda keyinchalik telefoningiz MTS-O’zbekiston tarmog’ini avtomatik tanlaydi.

MTS-O’zbekiston tarmog’idan qanday qo’ng’iroq qilish kerak

O’zbekiston raqamlariga (jumladan MTS-O’zbekiston abonentlariga, shuningdek shahar raqamlariga):
+ 99897 xxx xx xx yoki +998 71 xxx xx xx, boshqa tarmoqlar abonentlari: +998 XX xxx xx xx

O’zbekiston shaharlarig a:
+998_shahar kodi_raqam yoki _boshqa tarmoq abonentining kodi

Chet elga:
+_davlat kodi_shahar kodi_raqam yoki 810_davlat kodi_shahar kodi_raqam

Tariflar

MTS-O’zbekiston tarmog’ida bo’lganda qo’ng’iroqlarning qiymati haqidagi barcha ma’lumotni Siz o’z operatoringizdan (xizmatlar provayderidan) olishingiz mumkin. MTS-O’zbekiston kompaniyasi Sizning rouming asosida MTS-O’zbekiston tarmog’ida bo’lganda qilingan qo’ng’iroqlarning qiymati haqidagi ma’lumotga ega emas.

Qo’shimcha xizmatlar

Mehmon abonentlar MTS tarmog’ida quyidagi tarmoq xizmatlaridan foydalanishi mumkin:

  • Telefoniya (nutqni uzatish)
  • Ma’lumotlarni uzatish (9 600 bit/s)
  • Fakslarni uzatish (group 3)
  • Ma’lumotlarni uzatish (GPRS)
  • Chiquvchi SMS-xabarlar (SMS-MT)
  • Kiruvchi SMS-xabarlar (SMS-MO)
  • Chiquvchi MMS-xabarlar
  • Kiruvchi MMS-xabarlar
  • Chaqiriqni kutish/ushlab turish rejimi (Call waiting/call holding)
  • Chaqiriqni boshqa raqamga qayta yuborish (Call forwarding)
  • Chaqiriqni taqiqlash (Call barring)
  • Raqamni aniqlash (CLIP)
  • Raqamni aniqlashni taqiqlash (CLIR)

Bundan tashqari, Siz qo’shimcha ovozli xizmatlar — axborot va ko’ngilochar xizmatlaridan foydalanishingiz mumkin.

Qisqa raqamlarga qo’ng’iroqlar pulli bo’ladi. Qisqa raqamlarga qo’ng’iroqlar qiymati, shuningdek MTS-O’zbekiston tarmog’ida bo’lganda barcha xizmatlarning qiymati haqidagi ma’lumotlarni Siz o’z operatoringizdan (xizmatlar provayderidan) olishingiz mumkin. MTS-O’zbekiston kompaniyasi Sizning rouming asosida MTS-O’zbekiston tarmog’ida bo’lganda qilingan qo’ng’iroqlarning qiymati haqidagi ma’lumotga ega emas.

Agar Sizda savol bo’lsa, quyidagi formadan foydalaning.

Agar Siz ma'lumot qidirib, uni ushbu sahifada topmagan bo'lsangiz, quyidagi formani to'ldiring. Biz saytimizni takomillashtirish bo'yicha bergan taklifingizni ko'rib chiqamiz.

Agar Siz ushbu sahifada xato topgan bo'lsangiz, kerakli bo'lgan matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini sayt operatoriga xabar berish maqsadida bosing.

Savol va takliflar:

Sizning fikringiz

Siz nima qidirdingiz?

Sahifa manzili
http://www.uzdunrobita.uz/uz/roaming/for_guests

To'ldirilishi majburiy bo'lgan qism to'ldirilmagan

Sizning takliflaringiz

To'ldirilishi majburiy bo'lgan qism to'ldirilmagan

Siz haqingizda ma'lumot

Ma'lumotlar taklifingiz bo'yicha aniqliklar kiritish maqsadida Siz bilan bog'lanish uchun kerak bo'ladi. "Yuborish" tugmasini bosar ekansiz, Siz o'z shaxsiy ma'lumotlaringizni ishlatishga ruxsat berasiz.

To'ldirilishi majburiy bo'lgan qism to'ldirilmagan