× yopish
Mamlakatni tanlag:

To’lov kartalari

«X-press» kartochkalari orqali to’lov

«X-press» to’lov kartochkalari MTS-O’zbekiston tarmog’ida mobil aloqa xizmati uchun jismoniy shaxs bo’lgan abonentlarning to’lov vositasidir.

Kartochkalar MTS-O’zbekistonning o’z ofisldarida, shuningdek kompaniya dilerlari va agentlarida sotiladi.

Kartochkalarning nominal qiymati – 3 000 (uch ming) 5 000 (besh ming), 10 000 (o’n ming) so’m.

Kartochkadagi mablag’ni abonent hisobiga kiritishni abonentning o’zi kartochkani o’z mobil telefonidan kartochkada yozilgan yo’riqnomaga muvofiq faollashtirganidan keyin amalga oshiradi. Abonentga faollashtirish kuniga O’R MB kursi bo’yicha AQSh dollarlaridagi mablag’ kiritiladi.

Kartochkani debitorlik qarzi uchun o’chirilgan mobil telefondan faollashtirish ham mumkin, ketma-ket ikki oydan ortiq o’chirilgan yoki shartnomalari bekor qilingan telefonlar bundan istisno.

Bitta kartochkani faqat bir marta faollashtirish mumkin.

Kartochkani albatta unda ko’rsatilgan sanagacha faollashtirish lozim.

Faollashtirish tartibi:

  • Kartaning PIN kodi ustidan himoya qoplamini o’chiring (masalan, tanga bilan);
  • Hisobiga to’lov kiritilishi kerak bo’lgan mobil telefondan kartadagi seriya raqamini (S/N-10 raqam) va PIN kod (PIN-16 raqam) ni ketma-ket (bo’sh joysiz) terilgan holda SMS - xabarni 900 raqamiga yuboring yoki quyidagi USSD-komandadan foydalaninig: *101*Seriya raqami va PIN kod (bo'sh joysiz)# chaqiruv tugmasi;
  • Muvaffaqiyatli faollashtirilgan holda mobil telefonga SMS-xabar keladi:

"<telefon_r aqami > telefoni uchun to’lov so’rovi ishlanmoqda ".

Bu bosqichda Sizdan hech narsa talab etilmaydi, bu xabar Siz hech qanday xatoga yo’l qo’ymaganingizni tasdiqlaydi. Bir qancha vaqtdan keyin Siz shunday xabar olasiz:

" Sizning depozit hisobingiz < N> $ ga oshirildi "

N-O’zR MB tomonidan kartochkani faollshatirish kuniga belgilangan AQSh dollarining kursi bo’yicha hisoblanadi.

Seriya raqami yoki PIN kod xato bilan terilganda shunday xabarlardan biri keladi:
a) «Kartochka mavjud emas. Balki Siz kiritishda xato qildingiz»
b) «Kartochka ishlatilishi mumkin emas. Bu kartochka avval ishlatilgan yoki faollashtirilmagan»

Bu holda xabarni qaytadan tering va yuboring. Uni ko’pi bilan 3 marta ketma-ket qayta terish va yuborish mumkin. Agar Siz uch marta xabarni xato bilan yuborgan bo’lsangiz, faqat bir qancha vaqtdan keyingina faollashtirishni boshlash mumkin bo’ladi.

SMS xabarida 1 yoki 2 raqamini 6111raqamiga yuborib, hisobingizni tekshirib ko’ring (javob o’zbek yoki rus tilida keladi).

Eslatma:
Kartochkani faollashtirishdan keyin uni hisobingizga kiritilgan mablag’ tugaguncha saqlab qo’yish tavsiya etiladi.

Agar Sizda savol bo’lsa, quyidagi formadan foydalaning.

Agar Siz ma'lumot qidirib, uni ushbu sahifada topmagan bo'lsangiz, quyidagi formani to'ldiring. Biz saytimizni takomillashtirish bo'yicha bergan taklifingizni ko'rib chiqamiz.

Agar Siz ushbu sahifada xato topgan bo'lsangiz, kerakli bo'lgan matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini sayt operatoriga xabar berish maqsadida bosing.

Savol va takliflar:

10.02.2012y. xolatiga kurs1 USD = 1816.76 so'm

Sizning fikringiz

Siz nima qidirdingiz?

Sahifa manzili
http://www.uzdunrobita.uz/uz/pay/express_card

To'ldirilishi majburiy bo'lgan qism to'ldirilmagan

Sizning takliflaringiz

To'ldirilishi majburiy bo'lgan qism to'ldirilmagan

Siz haqingizda ma'lumot

Ma'lumotlar taklifingiz bo'yicha aniqliklar kiritish maqsadida Siz bilan bog'lanish uchun kerak bo'ladi. "Yuborish" tugmasini bosar ekansiz, Siz o'z shaxsiy ma'lumotlaringizni ishlatishga ruxsat berasiz.

To'ldirilishi majburiy bo'lgan qism to'ldirilmagan