/- Abonentlar/
- Abonent bo'lish uchun
Abonent bo'lish uchun
Ulanish uchun quyidagi hujjatlar kerak bo’ladi:
- jismoniy shaxslar uchun – telefonni ulash uchun mijoz imzosi qo’yilgan buyurtma xati. Shuningdek O'zbekistonda yashashi haqida ro’yxatdan o’tkazilganligini tasdiqlovchi pasportni taqdim etish majburiy shart hisoblanadi.
- yuridik shaxslar uchun – kanselyariyaning chiquvchi raqamiga va korxona rahbari imzosiga ega maxsus blankdagi buyurtma xati.
Tarmoqqa ulanish tartibi
Xizmat uchun shartnoma tuzib, oldindan to’lov uchun hisob (kvitansiya) yozib beriladi, hisobga haq to’langandan va mablag’ kelib tushgandan keyin kompaniya tomonidan SIM-karta programmalashtiriladi va taqdim etiladi
- telefoningizni ulash uchun bo’lajak suhbatlar uchun minimal oldindan to’lov summasini kiritish kerak. Qo’shimcha xizmatlarni ulashda kompaniya tariflariga muvofiq qo’shimcha haq to’lanadi.
- shartnoma tuziladi va pul kelib tushgach, SIM-karta beriladi.
| Ulanish | Bepul |
|---|---|
| "Plus" SIM-kartalarini programmalashtirish (kengaytirilgan imkoniyatlarga ega) | Bepul |
| Bo’lajak suhbatlar uchun minimal oldindan to’lov | 3 000 so’m |
| "RED" SIM-kartalarini programmalashtirish | Bepul |
Bitim
Bitim matni bilan bu yerda tanishish va uni ko’chirib olish mumkin.
«RED» abonentlarini ulash qoidalari
«RED» tizimiga ulanish uchun abonent pasport taqdim etishi zarur, pasportda O'zbekistonda yashash ro’yxatidan o’tganlik tasdig'i bo'lishi shart.
Ro’yxatga olish formasini to’ldirgach, abonentga komplekt beriladi, unga quyidagilar kiradi:
- PIN-kodli va «RED» abonenti telefon raqamiga ega SIM-karta
- «RED» abonenti ma’lumotnomasi
«RED» abonentlari diqqatiga!
«REDTM» SIM-kartalarini aktivlashtirish uchun o’z telefoningizdan 0022 raqamini terishingiz va, avtoxabar beruvchining ko’rsatmalariga rioya qilgan holda tegishli tilni tanlashingiz shart. Shundan keyin SIM-karta aktivlashtirilgan hisoblanadi va to’lov kartasi yordamida hisobni to’ldirish imkoniyati paydo bo’ladi.
- Abonent bo'lish uchun
- Ulanish uchun hujjatlar
- Ofislar
- MTS-O'zbekiston mobil aloqa xizmatlarini taqdim etish qoidalari
Bizga qo'ng'iroq qilling: (+998 97)103 0909

